«Real» sardori Sexio Ramosning bugungi «Sevilya»bilan kechadigan o'yinda maydonga tusha olmasligi aniq bo'lib ulgurdi.
Buni jamoa bosh murabbiyi Zidan ham tasdiqlab o'tdi. U hali tiklanish jarayonidagi futbolchilar bilan to'liq ishlay olmasligini ta'kidlagan.
Ramos terma jamoaning xalqaro yig'inida jarohat olgan edi va «Real» usiz o'ynagan «Vilyarreal», «Alaves» va «Shaxtyor» jamoalariga qarshi bahslarda muhim ochkolarni boy berdi.
Eslatib o'tamiz, «qaymoqranglilar» La Liga turnir jadvalida 17 ochko bilan 4-o'rinni band etib turishibdi va peshaqadam «Real Sosedad»dan 7 ochko ortda borishmoqda.