Eduardo Kamavinga faoliyatini “Real” yoki “Manchester Yunayted”da davom ettirishi mumkin deb yozmoqda “Goal” nashri. Nashr malumotiga ko'ra 18 yoshli futbolchining vakillari allaqachon “Real” va MYU bilan muzokara olib borishga ulgurgan. Ushbu transfer 2021 yil yozida amalga oshishi mumkin.
Avvalroq Kamavingga “Bavariya” ham davogarligi aytilgandi.
Kamavinga joriy mavsum “Renn” safida 13 ta o'yinda qatnashib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi.