"Real Madrid" klubi va Argentina terma jamoasi sobiq himoyachisi Gabriel Xayntse MLSda ish boshlaydi.
"Atlanta Yunayted" kelasi hafta 42 yoshli argentinalik murabbiyni tayinlanganligini e'lon qiladi, deb xabar CBS Sports nashri.
Eslatib o'tamiz 2014 yilda Xayntse futbolchilik faoliyatini yakunladi va bir yildan so'ng murabbiylik faoliyatini boshladi. Bu yil u 2018 yildan beri boshqarib kelayotgan "Veles Sarsfild" klubini tark etdi.
Ma'lumot uchun, o'tgan mavsumda "Atlanta"ga Frank de Bur murabbiylik qilgan edi.