"Real" sardori Serxio Ramos Ispaniya chempionatining 12-turi doirasida bo'ladigan "Sevilya"ga qarshi o'yinda ishtirok etishi mumkin.
"El Chiringuito" tarqatgan xabarga ko'ra, 34 yoshli futbolchi bugun jamoaning umumiy guruh mashg'ulotlarida ishtirok etdi.
Eslatib o'tamiz, ispaniyalik futbolchi 17 noyabr kuni terma jamoa safida mushagidan olgan jarohatidan tiklanmoqda.
Ramos joriy mavsumda "Real" safida 10ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urdi va bitta golga uzatma berdi.