"Bavariya" "Renn" yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga bilan bog'liq vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda, deb xabar beradi Bild nashri.
Biroq, 18 yoshli frantsiyalik futbolchi Myunxen klubi uchun ustuvor xarid hisoblanmayapti.
Oldinroq futbolchiga "Real"dan qiziqish borligi xabar berilgan edi.
Eslatib o'tamiz, joriy mavsumda Kamavinga barcha turnirlarda 13ta o'yin o'tkazib 1ta gol 1ta gollik uzatma amalga oshirdi.