Madridning "Real" klubi sobiq darvozaboni Iker Kasilyas jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidanni qo'llab-quvvatladi.
— "Real"ning EChLdagi taqdiri o'z qo'lida va La Ligadagi vaziyat haligacha bir tekisda. Zizu — ajoyib murabbiy, yaxshi do'st. U "Real"ni yuqori o'rinlarda yurishini ta'minlash uchun qo'lidan kelgan barcha ishni qilmoqda. O'tmish bilan yashash kerak emas, lekin u jamoani boshqarishga haqli, — dedi Kasilyas AS bilan suhbatda.