«Real» rahbariyati «Tottenxem» klubi sobiq bosh murabbiyi Maurisio Pochettino bilan dastlabki muzokaralarni o'tkazdi. Bu haqda Sport.es xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, "Qirollik klubi" vakillari argentinalik mutaxassisga qo'ng'iroq qilib, agar Zidan iste'foga chiqarilsa, u jamoani boshqarishga tayyor yoki tayyor emasligini so'rashdi.
Avvalroq, agar "Real" Evropa chempionlar ligasi pley-off bosqichi yo'llanmasini qo'lga kirita olmasa, Zidan iste'foga chiqarilishi haqida xabar tarqalgan edi.
48 yoshli Pochettino 2014-2019 yillarda «Tottenxem»ni boshqarib, iste'foga chiqqan edi. Shundan beri u ishsiz yuribdi.