Londonning «Tottenxem» futbolchisi Evropa Ligasining 5-tur doirasida LASK (3:3) klubiga qarshi uchrashuvda belgilangan penaltini aniq amalga oshirdi.
31 yoshli uelslik futbolchi faoliyati davomidagi yubiley - 200-golini kiritdi. Beyl "Tottenxem" tarkibida 57 ta gol kiritgan.
«Real» tarkibida 105 ta, Uels terma jamoasi safida 33 va «Sautgempton»dagi faoliyati davomida 5 ta golning muallifiga aylangan.
Beyl evrokuboklarda so'nggi marta 2018 yilning 27 noyabr kuni «Real»ning EChL doirasida «Roma» (2:0) klubiga qarshi o'tkazgan o'yinida gol kiritgandi.