Madridning "Real" klubi himoyachisi Serxio Ramos La Liganing 12-tur doirasida "Sevilya" klubiga qarshi bo'ladigan o'yinni o'tkazib yuborishi haqida AS nashri xabar tarqatmoqda.
Nashrning yozishiga qaraganda, futbolchi o'yingacha olgan jarohatidan keyin tiklanishni ulgurmaydi. Shu tariqa, "Real" sardori bu turni ham o'tkazib yuboradi.
Ramos EChLning 6-tur doirasida Menxengladbaxning "Borussiya" (9 dekabr) klubiga qarshi o'yinda maydonga tushishi kutilmoqda.
"Sevilya" - "Real" bahsi 5 dekabr kuni bo'lib o'tadi.