«Real» hujumchisi Luka Yovich koronavirusga topshirgan test manfiy natija berdi. Bu haqda "Marca" nashri xabar tarqatdi.
Shundan so'ng u jamoaning umumiy mashg'ulotiga qaytdi. "Qirollik klubi" 5 dekabr bo'ladigan «Sevilya»ga qarshi bo'ladigan La liga bahsiga tayyorgarlikni boshladi.
Yovich Serbiya terma jamoasi tarkibida Rossiyaga qarshi Millatlar ligasi uchrashuvidan so'ng koronavirusga chalingan edi.