«Real» yarimhimoyachisi Garet Beyl jamoani tark etishi mumkin.
Ispaniya matbuoti xabarlariga ko'ra, Kilian Mbappe «Real» tarkibini to'ldirsa, Beylga chiqish eshiklari ko'rsatib qo'yiladi.
Voqealar rivojini «Chelsi» bosh murabbiyi Antonio Konte diqqat bilan kuzatmoqda va imkoni tug'ilsa uelslik futbolchiga shartnoma taklif qilishga tayyor.
Daily Star xabar berishicha, Beyl Angliyaga qaytsa, faqat «Manchester Yunayted» tarkibida o'ynamoqchi. Uning transfer narxi 90 mln funtga teng.