«Real» Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichining 5-turi doirasida Ukrainada "Shaxtyor" mehmoni bo'lib, imkoniyatni boy berdi (0:2).
Mazkur mag'lubiyat tufayli Zidan jamoasining guruhdagi ahvoli qiyinlashib qoldi. "V" guruhidagi vaziyat quyidagicha:
"Madrid" "Shaxtyor"ga qarshi har ikki o'yinda yutqazgani uchun ochkolar teng bo'lganiga qaramay, ukrainaliklardan ortda qolishmoqda. So'nggi turda to'qnash keladilar:
9 dekabr, chorshanba
"Real Madrid" - "Borussiya Myonxengladbax"
"Inter" - "Shaxtyor"
1) "Qirollik klubi" so'nggi turda "Borussiya M"ni mag'lub etsa, o'z ochkolarini 10taga etkazadi va EChL pley-off bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritadi.
2) "Real" so'nggi turda durang o'ynasa, jamoa taqdiri parallel kechadigan "Inter" - "Shaxtyor" uchrashuvida qanday natija qayd etilishiga bog'liq bo'lib qoladi. Demak, so'nggi turda durang o'ynasa, jamoaning ochkolari 8taga etadi. Parallel o'yinda:
a) "Inter" g'alaba qozonsa, "neradzurri" o'z ochkolarini 8taga etkazadi. O'zaro o'yinga ko'ra, "qaymoqranglilar" guruhda 2-o'rinni qo'lga kiritishadi.
b) "Shaxtyor" g'alaba qozonsa, o'z ochkolarini 10taga etkazib, "Real"ni EChL pley-off bosqichi yo'llanmasidan mahrum qiladi. Zidan shogirdlari Evropa ligasiga yo'l oladi.
c) "Inter" - "Shaxtyor" o'yini durang bilan tugasa, "neradzurri" EChL bilan xayrlashadi. "Real" va "konchilar"ning ochkolari 8tani tashkil qiladi. O'zaro o'yinga ko'ra "Shaxtyor" ustunlikka ega bo'ladi. "Madrid" esa o'z ishtirokini Evropa ligasida davom ettiradi.
3) "Real" 6-turda mag'lubiyatga uchrasa, narigi o'yinda qanday natija qayd etilishidan qat'i nazar, jamoa Evropa ligasida ishtirok etishga majbur bo'ladi.
Demak, "Real Madrid" Chempionlar ligasi nimchorak final bosqichiga chiqish uchun 2ta variant mavjud:
A) Jamoa "Borussiya Myonxengladbax"ni mag'lub etishi shart yoki
B) "Borussiya Myonxengladbax" bilan durang o'ynab, "Inter"ning g'alabasiga umid qilishi kerak.
Qolgan barcha holatlarda "Real" Evropa ligasi pley-off bosqichiga yo'l oladi.