«Real» Chempionlar ligasi guruh bosqichi 5-turida Donetskning «Shaxtyor» klubiga imkoniyatni boy berdi (0:2).
"Qaymoqranglilar" joriy mavsumda 5ta o'yinda 9ta gol o'tkazib yuborishdi. "OptaJose" tarqatgan xabarga ko'ra, bu natija madridliklar uchun musobaqaning guruh bosqichi tarixidagi eng yomon natija hisoblanadi.
"Madrid" 7 ochko bilan guruhda 3-o'rinni egallab turibdi. Jamoaning pley-off bosqichi chiqish imkoniyatlari haqida tahliliy maqolani e'tiboringizga havola qilgan edik.