"Istefo haqida o'ylamayapman. Qiyin davrlarni boshimizdan o'tkazyapmiz. Natijalar nuqtai nazaridan biz uchun qiyin bo'lmoqda. Bu hayot, unga tik qarab yashash kerak. Bugun bizni finalga hos o'yin kutayotganini bilgandik va shunga yarasha tayyorlangandik. Birinchi bo'limni yaxshi o'tkazdik, golga munosib edik. Ammo ura olmadik. Bir o'yin qoldi va uni yutishimiz shart.
Menda kuch bor va buni doimgidek futbolchilarga berishga tayyorman. O'tgan turda biz g'alabaga loyiq emamsdik, biroq bugun emas. Boshni ko'tarib, navbatdagi o'yin haqida o'ylash kerak. Bizda boshqa tanlov yo'q.
Ko'plab vaziyatlar bo'ldi. Lekin biz bugun asosiy etiborni pressingga berib, vaziyatlar yaratdik. Katta xatoimiz - birinchi bo'limda gol ura olmaganimiz. Buni to'g'rilay olmadik.
Xarakterni ko'rsatish oson ish emas. Bugun mag'lubiyatga loyiq emasdik, bu juda achinarli. So'nggi o'yinni yutishga majburmiz. Biz o'zimizga ishonamiz va kurashishda davom etamiz", - dedi Zidan.