Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Live  ECHL. “SHaxtyor” – “Real Madrid” 2:0 (Matnli translyaciya)

CHempionlar Ligasi 5-turidan o'rin olgan dastlabki uchrashuv start oldi.

.
- Yuklab olish

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ladi. 

YANGILASH

Germaniyalik futbolchi to'pni to'g'ri darvozaga yo'lladi, lekin uning urinishiga aniqlik etishmadi.

89-daqiqa. Vinisiusga nisbatan qo'pollik ishlatildi va hakam jarima zarbasi belgiladi. To'p oldida Toni Kroos.

Aksincha, mezbonlar "davrimiz kelganda, urib qolaylik" qabilida ish ko'rishmoqda. 

87-daqiqa. Bugun "Real Madrid"ning o'yini unchalik qovushmadi. Zaxiradan o'yinga qo'shilgan yigitlar ham vaziyatni o'zgartira olishmayapti.  

86-daqiqa. Lukas Vaskes hozirgina gol urgan Solomondan alamini oldi. Juda qo'pol o'yini uchun futbolchiga sariq kartochka ko'rsatildi.  

Bu safar ham "Madrid" himoyachilari nima bilan band edi degan savol tug'ilmoqda... 

82-daqiqa. GOOOOOOL! Manor Solomon oradagi farqni oshirdi.  

80-daqiqa. Asensio faol harakat qilib, to'pni raqiblan olib qo'ydi va zarba yo'lladi, yo'l-yo'lakay himoyachi tegib u maydonni tark etdi. Burchak zarbasidan keyin esa Isko tomonidan hujumda fol qayd etildi. 

78-daqiqa. Ferlan Mendi qanotdan jarima maydoniga kirib bordi va to'pni sheriklariga uzatmoqchi edi, ammo omadsizlikka uchradi va hech bo'lmasa burchak zarbasi ham ishlay olmadi. 

77-daqiqa. O'ZGARISH! Edegor, Rodrigo va Benzema o'rniga Vinisius, Isko va Mariano Dias o'yinga qo'shildi.   

75-daqiqa. Benzema jamoasi uchun burchak zarbasi ishlab berdi. To'p tezda o'yinga kiritildi va Ferlan Mendi o'ng oyoqda zarba yo'lladi, to'p to'g'ri Trubinning qo'liga borib tushdi hamda hisob o'zgarmay qoldi. 

74-daqiqa. O'ZGARISH! Marlos o'rnini Maykonga bo'shatib berdi, Tayson o'rniga esa Manor Solomon o'yinga qo'shildi.   

72-daqiqa. "Real Madrid"ning navbatdagi urinishi muvaffaqiyatsiz yakunlandi. 

71-daqiqa. Goldan keyin ham hujumni kanda qilmayotgan "SHaxter"dan navbatdagi urinish. Tetening zarbasidan keyin Tibo Kurtua to'pni ushlab oldi. 

Zinedin Zidan yo nimanidir kutmoqda, yoki uning soati ishlamay qolgan. Sababi, o'yinning 70 daqiqasi ortda qoldi, uning jamoasi mag'lub bo'lmoqda, lekin o'zgarishlardan darak yo'q. 

67-daqiqa. Varan avvaliga xatoga yo'l qo'yib, so'ngra o'zi uni tuzatdi va raqib zarbasi yo'liga to'g'anoq bo'ldi.  

66-daqiqa. Bugun sardor sifatida maydonga tushgan Karim Benzema o'yindan tashqari holatda ekanligi qayd etildi.  

Yodingizda bo'lsa, ushbu jamolarning dastlabki uchrashuvida ham shunga o'xshash vaziyat bo'lgan va o'shanda ukrainaliklar qarshi hujumlardan unumli foydalanib ketishgandi.

64-daqiqa. "Real Madrid" buyog'iga raqibning bir necha qavatli himoya chiziqlarini engib o'tishi talab etiladi. Bu esa oson bo'lmayapti.    

62-daqiqa. Qoyil qolsa arziydi, hisobda oldinga chiqib olgan "SHaxter" futbolchilari himoyaga "yotib olmay", to'pni maydon markaziga yaqin hududda nazorat qilishga urinishmoqda.   

Buyog'iga o'yin yanada qizishi turgan gap. "Real" nima bo'lsa ham, Ukrainaga mag'lub bo'lish uchun kelmagani aniq.  

Mendi va Varan nima bo'lganiyu, nima qilishganini tushunmay bir-birlariga qarab qolishdi.  

56-daqiqa. GOOOOOL! "Madrid" himoyachilari Dentinoga gol "sovg'a qilishdi"! 

55-daqiqa. "Real Madrid" navbatdagi burchak zarbasi amalga oshirish imkoniyatiga ega bo'lmoqda. Birinchi bo'limda bu kabi standart vaziyalar anchagina amalga oshirldi. 

53-daqiqa. "SHaxter"ning kuchli pressingi oqibatida "Real" futbolchilari himodan chiqishda muammolarga duch kelayotgandek. 

52-daqiqa. Taysonda hisobni ochish uchun qulay imkoniyat bo'lgandi, Tibo Kurtuadan seyv. 

51-daqiqa. Bo'limdagi birinchi chinakam xavfli hujum amalga oshirildi. Uni "Real" futbolchilari yuzaga keltirdi. Karim Benzema himoyachini o'zi bilan olib ketib, to'pni sherigiga etkazdi, lekin kutilmaganda hujum markazida paydo bo'lgan Nachoning biroz zarbasiga aniqlik etishmadi.

50-daqiqa. Luka Modrich o'ng qanotdan oldinga o'tib ketmoqchi edi, lekin oxirgi pallada xorvatiyalik futbolchi yiqilib tushdi va to'p uning o'ziga tegib, maydonni tark etdi.  

49-daqiqa. Ikkinchi bo'limni mezbonlar ancha faol boshlashdi. Ularning energiyasini ayniqsa pressingda yaqqol ko'rish mumkin.

48-daqiqa. "SHaxter" bo'limdagi birinchi hujumini uyushtirdi. CHap qanotdan oldinga o'tdi va uzatma amalga oshirildi, lekin to'p yo'liga Lukas Vaskes to'g'anoq bo'ldi.   

Rodrigo oldinga o'tishga urinib ko'rdi, lekin niyatiga eta olmadi. 

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

"SHaxter" futbolchilari to'liq tarkibda maydonga qaytib ulgurishdi, mehmonlar esa endi tanaffusdan qaytishdi.  

SHu pallada hakamning birinchi bo'lim yakunlangani haqidagi hushtagi chalindi va tanaffus! Hozircha hisob ochilmadi. 

45+3-daqiqa. Kroos qanotdan ochilib borayotgan Mendini ko'rdi, to'pni unga aniq etkazdi, franciyalik himoyachi ham birgina harakat bilan Karimni qulayroq imkoniyatga chiqarmoqchi edi, lekin uning harakatidan keyin to'p darvozabonga borib tushdi.  

Edegorning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasi kuchsiz chiqdi. 

45+2-daqiqa. Qanot hakami biroz o'ylanib qoldi va burchak to'pi tepilishi kerakligini takidladi. 

Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

45-daqiqa. Rodrigoning faolligi oqibatida navbatdagi burchak to'pi ishlab oldi mehmonlar. Ammo bu safar ham "qaymoqranglilar" niyatiga eta olmadi. Ish zarbagacha ham etib bormadi.  

43-daqiqa. Edegor qanotda sherigi bilan "devor" uslubida o'ynab olib, qulay vaziyatga chiqdi va jarima maydoni ichidagi Karim Benzemani ko'rdi, franciyalik to'pni to'xtmay zarba berdi, lekin noaniq.  

42-daqiqa. O'zi zaxiradan o'yinga qo'shilgan Dentino o'sha Rafael Varan bilan to'qnashib, maydonga yiqilib tushdi. 

40-daqiqa. Asensio chapdan oldinroqqa o'tdi va Benzemani to'p bilan taminlamoqchi bo'ldi, ammo uning uzatmasi to'g'ri Anatoliy Trubinning qo'liga borib tushdi. 

39-daqiqa. Raqib hujumini to'xtatib, hujumga chiqishda sheriklariga yordamga kelgan Karim Benzemaga nisbatan qo'pollik ishlatildi. Jarima zarbasi.

38-daqiqa. To'p oshirishdagi xato tufayli "qaymoqranglilar"ning hujumi uzilib qoldi.  

37-daqiqa. Rodrigo yana bir bor raqibini aldab o'tib ketayotgandi, lekin bu safar himoyachi uni qo'pollik bilan to'xtatishga muvaffaq bo'ldi.

36-daqiqa. Zaxiradan maydonga tushgan Dentino chap qanotdan oldinga o'tib, to'pni jarima maydoniga etkazishga harakat qilib ko'rdi, lekin Kurtua faollik ko'rsatdi.

34-daqiqa. Maydon markazida Nacho Marlosga nisbatan qo'pollik ishlatdi. 

32-daqiqa. Zidan shogirdlari navbatdagi burchak zarbasidan ham naf chiqara olishmadi. 

31-daqiqa. "SHaxter" to'pni olib qo'yib, himoyadan chiqayotgan palladayoq mehmonlar pressing uyushtirib, raqibni to'psiz qoldirishdi.  

30-daqiqa. Navbatdagi hujum va Asensioning zarbasidan keyin Anatoliy Trubin "seyv" namoyish etdi.

29-daqiqa. Vaskesning qanotdan uzatmasidan keyin himoyachi to'pni maydondan tashqariga chiqarib yubordi, burchak to'pi. Toni Kroos burchakdan to'pni Nachoga etkazdi, himoyachining zarbasidan keyin to'p darvozabonning qo'liga kelib tushdi.  

26-daqiqa. Ferlan Mendi oldirib qo'ygan to'pni Asensio raqibdan qaytarib oldi va Edegor hujumni ispaniyalik bilan davom ettirdi, lekin to'p jarima maydoniga kirib ulgurmay, Taras Stepanenko hujumni bartaraf etdi.  

25-daqiqa. O'ZGARISH! Junior Moraes qanchalik harakat qilmasin o'yinni davom ettirolmadi. Uning o'rniga Dentino maydonga tushdi.   

24-daqiqa. "SHaxter"ning hujumi esa Matvienkoning uzatmadagi xatosi tufayli yakunlanmay qoldi. 

23-daqiqa. Asensio-Rodrigo-Vaskes ishtirok etgan hujum Lukasning uzatmasidan keyin uzilib qoldi. 

21-daqiqa. Luka Modrich oyog'ining tashqi tomoni bilan Karim Benzemani darvozabon bilan "uchrashuvga" chiqarib yubormoqchi edi, lekin o'xshamay qoldi. 

20-daqiqa. Jarima maydonchasiga uzatilgan to'pni, himoyachilarga yordamga kelgan Rodrigo texnik imkoniyatini ishga solib, u erdan olib chiqib ketdi.  

19-daqiqa. "SHaxtyor" to'pni o'z nazoratida ushlab turishga intilmoqda. Kutilmaganda, Moraes oqsoqlangancha bo'lsada, maydonga qaytdi va o'yinni davom ettirmoqchi.

O'yin davom etadi. 

Rafael Varan hijolat tortib, raqibining oldiga kelib, undan uzr so'rab, qo'llab-quvvatladi. 

Moraesning jarohati jiddiyga o'xshaydi, futbolchi turayotgandek edi, lekin shu zahoti yana maydonga "quladi". 

15-daqiqa. O'yin to'xtatildi. "SHaxter" futbolchisi maydonda yotibdi, shifokorlarning maydonga tushishiga izn berildi.

14-daqiqa. Varan hozirgina Vaskesga qo'pollik ishlatgan Juniorni o'ta qo'pol harakat bilan kutib oldi va sariq kartochkaga loyiq ko'rildi.  

Junior Moraes to'p uchun kurashda Lukas Vaskesni ayab o'tirmadi. Ammo keyin raqibidan uzr so'rab, bu harakatni atayin qilmaganini tabassum bilan aytib qo'ydi. 

13-daqiqa. "Real" erta pressing evaziga to'pni qaytarib oldi. 

11-daqiqa. Karim Benzema Modrichning pasidan keyin qulay vaziyatga chiqib-chiqmay, darhol zarba yo'lladi - Trubin o'z o'rnida.

To'pga egalik qilish: SHaxtyor - 35%, "Real" - 65%.

9-daqiqa. "Real Madrid" hujumga o'tishga urinib ko'rdi, ammo bosh hakam Lukas Vaskes to'p uchun kurashda qoidani buzganini qayd etdi. 

7-daqiqa. "SHaxtyor"ning asli braziliyalik legionerlari ishga kirishdi va to'pni bir-biriga oshirib, raqib himoyasida bo'sh hududlarni izladi. Hujumni Tayson kuchli, ammo noaniq zarba bilan yakunladi. 

5-daqiqa. Tayson to'pni egallab oldinga o'tishga urinib ko'rdi, lekin Luka Modrich bunga imkon qoldirmadi. 

Etibor bering, bugun Madrid klubi chap qanot himoyasida Mendi maydonga tushirilgan, kuni-kecha Marseloning asosiy tarkibdagi statistikasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Ha, braziliyalik futbolchi ham sekin-asta tarkibdagi o'rnini boy berib qo'ymoqda.   

2-daqiqa. "SHaxter" jarima maydoniga kirib borayotgandi, lekin to'p Marlosning qo'liga tegib ketdi.   

Dastlabki hujumni "qirollik klubi" o'ng qanotdan uyushtirdi. Rodrigo texnika va tezligini ishga solib, oldinga o'tdi va to'pni jarima maydoni ichiga etkazib bermoqchi bo'ldi, himoyachi to'pni qaytarib yubordi. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi. Uni mezbonlar boshlab berishdi.  

Stadion uzra Evropa CHempionlar Ligasi makdhiyasi yangramoqda. Murabbiylar bir-birlariga omad tilab qo'yishdi. 

Jamoalar maydonga tushib kelishmoqda.

Bugun ECHL pley-off bosqichi yo'llanmasi taqdiri hal etilishi mumkin.

 

YANGILASH

Jamoalarning asosiy tarkibi malum bo'lib ulgurgan.

"SHaxtyor" Ukraina – "Real Madrid" Ispaniya

22.55, "NSK Olimpiyskiy" stadioni

"SHaxter": Trubin, Dodo, Bondar, Vitao, Matvienko, Stepanenko, Kovalenko, Marlos, Tete, Tayson, Moraes.

"Real Madrid": Kurtua, Mendi, Varan, Nacho, Modrich, Kroos, Edegor, Asensio, Lukas Vaskes, Benzema, Rodrigo

BestMaster
2 Dekabr 2020, 00:45
live , echl, “shaxtyor”, “real, madrid”, matnli, translyaciya,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads