"Men har transfer oynasida boshqa klublardan taklif olaman. Ammo men "Real"da baxtliman. Doim aynan "qaymoqranglilar" sharafini himoya qilishni orzu qilganman.
Eng ko'p xohlaydigan narsam maydonda ko'proq vaqt o'tkazish", - deydi Nacho.
30 yoshli futbolchi 2011 yildan beri Madrid grandi sharafini himoya qiladi. Nacho joriy mavsum Ispaniya chempionati doirasidagi 5ta o'yinda maydonga tushdi.