Eden Azar Madridning «Real» tarkibida La Liga doirasida «Alaves» klubiga qarshi o'yinda yana jarohat oldi. Ma'lum bo'lishicha, barcha jarohatlar stress holatida ro'y berayotgan bo'lishi mumkin. Azar bosimga duch kelmoqda va mushaklaridan jarohat olmoqda. Bu fikrlarni belgiyalik shifokor Kris van Kombryugge aytib o'tdi.
«Madridda unga bo'lgan umid katta. Hamma inson stress holatiga tushib qoladi. O'ylaymanki, hozir uning mushaklari ancha kuch to'plagan. Bu esa uni yangi jarohatlar sari etaklamoqda», – dedi shifokor Het Laatste Nieuws bilan suhbatda.