Bu haqda SER jurnalisti Anton Meana xabar bermoqda:
"Zidan bugunga qadar jamoaning kiyinish xonasida bunday qiyin vaziyatga duch kelmagan edi. Ayni paytda ko'plab o'yinchilar o'zi haqida qayg'urmoqda. Ularni yangi shartnoma borasidagi muzokaralar, jarohatlar tashvishga solmoqda, ammo futbol emas.
Zidan asosiy tarkibni elon qilganda kiyinish xonasida norozi kayfiyatdagi futbolchilar topiladi. Franciyalik mutaxassis buni nazorat qilolmasligini tushunadi. Zidanga ushbu vaziyatni qabul qilish juda qiyin".
Avvalroq Zidanning o'rnini "Tottenxem"ning sobiq bosh murabbiyi Maurisio Pochettino egallashi haqida xabarlar tarqalgan edi.