La Sexta telekanalining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Madridning "Real" klubi futbolchisi Eden Azar sonidan olgan jarohati sababli kamida ikki hafta maydonga tusha olmaydi.
Belgiyalik futbolchi La Liganing 11-tur doirasida "Alaves" (1:2) klubiga qarshi o'tkazilgan o'yinda jarohat olgandi.
Qayd etilishicha, Azar 12 dekabr kuni 13-tur doirasida "Atletiko" klubiga qarshi bo'lib o'tadigan o'yinda ham maydonga tushishi mumkin.