"Real Madrid" yarimhimoyachisi Dani Sebalyos bugun o'z tug'ilgan kunini nishonlamoqda. Futbolchi bugun 21 yoshga to'ldi.
Sebalyos 1996-yilning aynan 7-avgust kuni Sevilyaning Utrera shaharchasida tavallud topgan. Joriy transfer oynasi vaqtida "Betis"dan "Real"ga ko'chib o'tgan yosh yarimhimoyachi shu kungacha La Ligada 65 ta uchrashuvda maydonga tushishga erishgan. Dani Madriddagi debyutini "Man Siti"ga qarshi mavsumoldi bahsda o'tkazgan bo'lsa, "MLS Yulduzlari"ga qarshi kechgan bahsda dastlabki assistentligini amalga oshirdi.
Sebalyos 21 yoshgacha bo'lgan futbolchilar ishtirokidagi so'nggi Yevropa chempionatida Ispaniya U-21 safida qatnashib musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.
RealBlancos