Madridning "Real" klubi 2021 yilning yozgi transferidagi rejalarini o'zgartirishiga to'g'ri kelishi haqida AS nashri xabar tarqatmoqda.
Nashrning yozishiga qaraganda, "Qirollik klubi" moliyaviy muammo tufayli "PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe va "Borussiya" forvardi Erling Xolandlarni bir vaqtning o'zida xarid qila olmaydi.
Shu sababli, "qaymoqranglilar" 2021 yili "Santyago Bernabeu"ga Mbappeni va 2022 yili esa norvegiyalik hujumchini olib kelishni mo'ljallamoqda.
Mbappening transfer bozoridagi narxi 180 million evroga baholanayotgan bo'lsa, Xolandning narxi 100 million evroga tenglashtirilmoqda.