«Real» yarim himoyachisi Eden Azar La liganing 11-turidan o'rin olgan «Alaves»ga qarshi o'yinda (1:2) jarohat olib, birinchi bo'limda maydonni tark etdi.
"As" hisob-kitobiga ko'ra, belgiyalik futbolchi uchun mazkur lat eyish "Qirollik klubi" safida 16 oylik faoliyati davomida sakkizinchisi hisoblanadi. Bu safar u qancha muddatda tiklanishi chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tganidan so'ng ma'lum bo'ladi.
U joriy mavsumda ehtimoliy maksimal daqiqalarning 25 foizi davomida maydonda harakat qilgan bo'lsa, o'tgan mavsumda ushbu ko'rsatkich 33 foizga teng bo'lgan edi. Shu tariqa, uning "Real" safidagi maydonda o'tkazgan vaqti 31,8%ga teng bo'lgan.
Taqqoslash uchun: Azar «Chelsi» safidagi 7 yillik faoliyatida 12 marta jarohat olgan.
Eden joriy mavsumda La liga doirasida 3ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urgan.