«Real» yarim himoyachisi Kazemiro Ispaniya chempionatining 11-turi doirasida bo'lib o'tgan «Alaves»ga qarshi o'yin (1:2) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
«Raqib o'yinni yaxshi boshladi va gol urdi. Keyin esa ular ikkinchi to'pni kiritishdi. Ular yaxshi harakat qilishdi. Biz esa 2ta ura olmadik.
Joriy mavsumda barcha jamoalar ochko yo'qotishadi. Biz vaziyatga tezroq moslashib olishimiz kerak. Biz ham ochko yo'qotyapmiz. Ammo bunday holatga yana tushmaslik uchun o'z ustimizda ishlashimiz kerak. La liganing joriy mavsumi juda murakkab. Hattoki autsayder jamoalar ham etakchilarga muammo yaratishga qodir.
Mavsumoldi tayyorgarlik jarayoni unchalik yaxshi bo'lmadi. Chempionlar ligasida o'yinlarimiz borligini inobatga olsak, hozir uchrashuvlar ko'p. Ishlashda davom etamiz, hali oldinda o'yinlar ko'p. Biz chempionmiz, har bir bahsda g'alaba qozonishimiz kerak», — dedi Kazemiro.