«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan La liganing 11-turidan o'rin olgan «Alaves»ga qarshi o'yin (1:2) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
Ushbu mavsumda g'alabalar soni kamligi haqida
«Bunga izoh bera olmayman. Bugun bahs davomida goh yaxshi o'ynadik, goh — yomon. Raqib uchinchi daqiqadayoq gol ursa, vaziyat qiyinlashib ketadi. Bizning hozirgi holatimiz shunday.
Ishlashda davom etishimiz, o'yinchilarga tiklanishi uchun yordam berishimiz kerak. Bizga barqarorlik etishmayapti.
Bugun uchrashuvning starti «Real» uchun ushbu mavsumdagi eng yomon bo'ldi. Biz o'yin dinamikasini o'zgartira olmadik. Bu esa meni xavotirga solmoqda. Bizda barqarorlik, jarohatlar bilan bog'liq muammo mavjud. Bu bahona emas, bu real holat».
Azarning jarohati haqida
«O'ylaymanki, u shunchaki zarba qabul qildi. Umid qilaman, uning mushagi jarohat olmadi», – dedi Zidan.