Ispaniya chempionatining 11-turi doirasida «Alaves»ga qarshi bo'lib o'tgan o'yinda «Real» darvozasiga penalti belgilandi.
Shu tariqa, La liganing so'nggi 3ta o'yinida "qaymoqranglilar" darvozasi tomon 5ta penalti belgilandi va raqiblar ularning barchasidan samarali foydalanishdi. Bungacha esa Ispaniya chempionati doirasidagi 52ta o'yinda "Madrid" zarariga umumiy hisobda 5ta penalti tayinlangan edi.
Mazkur 3ta o'yinda "Qirollik klubi" 2ta mag'lubiyat va bitta durang qayd etdi ("Valensiya" - 1:4, "Vilyarreal" - 1:1, "Alaves" - 1:2).
«Real» XXI asrda o'z darvozasi tomondan 3ta o'yinda beshta penalti belgilangan La liganing ilk klubiga aylandi.