“Jamoamizning ayni paytdagi holati bo'yicha hech narsa deyolmayman. “Real” bu raqibga qarshi yaxshi imkoniyatlarni yomon yakunga aylantirdi. Uchrashuv boshlangach, oradan besh daqiqa o'tib senga gol urishsa, oldingdagi vazifa yanada mushkullashadi. “Inter”ga qarshi biz yaxshi o'yin o'tkazgandik, bugun esa buning aksi bo'ldi. Buni qanday tushuntirishniyam bilmayman.
Bizning qiladigan ishimiz chin yurakdan harakat qilib, futbolchilarni sport formasiga kirib olishiga ko'maklashish va o'yin tizimini o'zgartirishdir”, deya Zidaning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda “Marca” nashri “Football Ispana”ga tayanib.
Ushbu turdagi g'alabadan keyin “Alaves” 13 ochko bilan 9-pog'onada bormoqda. “Real” esa 17 ochko bilan 4-pog'onadan joy olgan.