Portugaliyalik futbolchi ta'tildan ajoyib formada qaytdi.
"Madrid" bosh murabbiyi Zinedin Zidan va uning yordamchilari Krishtianu Ronalduning yozgi ta'tildan qaytganidan so'ng uning jismoniy xolatini ko'rib lol qolishdi.
Ronaldu ta'tildan so'ng dastlabki mashg'ulotlardanoq umumiy guruh bilan shug'ullandi. Portugaliyalik yulduz 13-avgust kuni Ispaniya Superkubogigacha to'liq formaga kirishi kutilmoqda. UEFA Superkubogida "Manchester Yunayted"ga qarshi maydonga tushishi esa deyarli imkonsiz.