"Valensiya" yarim himoyachisi Karlos Soler jamoasini o'zgartirishi mumkin.
As nashrining xabariga ko'ra, futbolchi xizmatiga Madridning "Atletiko" klubi qiziqish bildirmoqda. Uning transferini "matraschilar" bosh murabbiyi Diego Simeonening shaxsan o'zi xohlamoqda.
Ma'lumot uchun, 23 yoshli havbek La Ligada 7ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urgan. Qizig'i shundaki, 4ta goldan 3tasini Soler "Real" darvozasiga kiritgan.