«Real» shartnomasi yakuniga etayotgan futbochilar bilan kelishuvni uzaytirish borasida muammolarga duch kelmoqda. Bu haqda ispan matbuoti xabar tarqatdi.
Jumladan, "qaymoqranglilar" rahbariyati hamon jamoa sardori Serxio Ramos bilan kelisha olmayapti. Shuningdek, klub Luka Modrich va Lukas Vaskes bilan muzokaralar jarayonida qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Mazkur uch futbolchining shartnomalari kelasi yilning iyun oyida yakuniga etadi.
Bundan tashqari, «Real» Nacho Fernandes bilan yangi shartnoma imzolamoqchi. Uning klub bilan shartnomasi 2022 yilga qadar tuzilgan.