Madridning "Real" klubi 4 nafar futbolchisi bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmayapti. Bu haqda Ispaniya matbuoti yozmoqda.
Xususan, "qaymoqranglilar" rahbariyati hali ham jamoa sardori Serxio Ramos bilan kelisha olmayapti. Shuningdek, jamoa Luka Modrich va Lukas Vaskes bilan ham shartnomani uzaytirish borasida muammoga duch kelmoqda.
Bundan tashqari, "Real" himoyachi Nacho Fernandes bilan ham yangi shartnoma imzolamoqchi. Uning amaldagi shartnomasi 2022 yilgacha mo'ljallangan.