"Bo'rilar" Vaskez transferidan voz kechmoqchi emas.
Sky Sport Italia nashri xabariga ko'ra "Roma" "Real" futbolchisi Lukas Vaskez transferini qaytadan ko'rib chiqishmoqchi. "Roma" spert direktori Monchi aynan Vaskezni Riyad Mahrez transferi amalga oshmayotganligi sababli "B" rejaga o'tishga qaror qildi.
Xabarlarga ko'ra, Monchi hozirda Ispaniya "qaymoqranglilar" bilan Lukas transferi bo'yicha muzokara o'tkazmoqda. Rimliklar kanteranomiz uchun 35 mln yevro taklif qilishdi, bu pul aslida Mahrezga atalgan bo'lib "tulki"lar "bo'rilar"ga jazoirlik futbolchini sotishni istashmadi.
Eslatib o'tamiz, "Madrid" va Lukas o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2021-yilda yakuniga yetadi.