Ispaniyaning «Sevilya» klubi «Real» yarim himoyachisi Iskoni qishki transfer bozorida o'z safiga qo'shib olishni xohlamoqda. Bu haqda Ispaniya matbuoti xabar bermoqda. Andalusiyaliklar ispaniyalik futbolchini ijaraga olishmoqchi.
Biroq, Isko ushbu potentsial hamkorlikka rad javob qaytardi. Ispaniyalik futbolchi saviyasi pastroq jamoada maoshi kamaytirilishini xohlamadi.
Eslatib o'tamiz, Isko uchun asosiy da'vogarlar «Manchester Siti» va «Inter» klubi sanalmoqda.