Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Erling Xoland faoliyatini Kataloniyaning «Barselona» klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda El Chiringuito nashri xabar bermoqda.
Prezidentlik uchun nomzodini ilgari surgan Joan Laporta klubning kelasi yilgi transfer bozoridagi maqsadini aytdi. Laporta futbolchining agenti Mino Rayola bilan do'stlik munosabatlari yaxshi ekanligiga umid qilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Xolandga Evropaning top-klublari qiziqish bildirishmoqda. Xolandni o'z safida ko'rish uchun «Real», «Yuventus» va «Manchester Siti» klublari u bilan shartnoma imzolashga tayyor.