Madridning «Real» klubi hujumchisi Karim Benzema sonidan olgan jarohatidan keyin tiklanishni davom ettirmoqda.
El Chiringuito TVning tasdiqlashicha, frantsiyalik hujumchi haligacha jamoaning umumiy mashg'ulotlariga qo'shilmadi va yakka tartibda shug'ullanishni davom ettirmoqda.
Taxminlarga ko'ra, «qaymoqranglilar»ning shanba kuni «Alaves» klubiga qarshi bo'lib o'tadigan o'yinini o'tkazib yuboradi.
Benzema noyabr oyining boshida «Valensiya»ga qarshi o'yinda jarohat olgan edi va o'sha paytdan beri maydonga tushmayapti.