«Manchester Yunayted» ustozi Joze Mourino UEFA superkuboki bahsidan oldin murabbiylik tamoyillari haqida gapirdi.
Ma'lumki, portugaliyalik mutaxassis 8 avgust kuni sobiq jamoasi «Real»ga qarshi maydonga tushadi.
«Men «Real»ga sobiq jamoam sifatida qaramayman. «Portu»ni tark etganimda, ikki oydan so'ng, unga Chempionlar ligasida qarshi kelganman. «Chelsi»ni tark etganimda, ikki oydan so'ng, unga «MYu» bilan duch kelganman. Menda «sobiq jamoa» degan tushuncha yo'q.
«Real» qanday qabul qilish kerak bo'lsa, shunday qabul qilaman: u mashhur jamoa, Evropada eng kuchli va u bizni zo'r ilhomlantirmoqda», - dedi Mourino UEFA sayti xabarida.