La Liga prezidenti Xaver Tebas yana "PSJ" va "Manchester Siti" klublari tanqid qildi.
- "PSJ" va "Manchester Siti" klublari o'zlarining daromadlaridan emas, balki, neft va gazdan olinadigan pullar evaziga to'layotgani sababli, Evropa futbolida ish haqqi 15 foizga oshdi. Ularning "Real", "Barselona" va "Manchester Yunayted" klublaridan ko'ra ko'proq homiylari bor, lekin o'zlarining shaxsiy brendlari yo'q. Ularning to'layotgan maoshi o'z daromadlaridan ancha yuqori. Ularni ish haqqini kamaytirishga majburlash kerak, chunki bu Evropa futboli uchun muammo bo'lishi mumkin, - dedi Tebasa Sport.es saytiga.