Madridning «Real» klubi sobiq futbolchisi Royston Drente Vladikavkazning «Alaniya» klubida o'ynagan paytlarini yodga oldi. Niderlandiyalik Drente «Alaniya» tarkibida 2013 yili to'p surgan, ungacha esa yarim yil erkin agent bo'lib yurgandi.
«Vladikavkaz – ideal bo'lishdan yiroq shahar edi, o'sha paytda shahar deyarli buzib yuborilgandi. Hatto siz boy bo'lsangiz ham, u erda qulay yashashning ilojisi yo'q edi.
Aroq? Ba'zida ichib turardik. Aroq u erda asosiy mahsulot sanaladi, hattoki klubning avtobusida ham aroq bo'lardi. Axir, bu - Rossiya-ku», - Drentening so'zlaridan iqtibos keltirmoqda rijnmond.nl portali.
Royston ayni paytda Niderlandiyaning «Kozakken Boyz» klubida to'p surmoqda.