Madridning "Real" klubi rahbarlari uelslik futbolchi Garet Beylga o'z uyida futbol o'ynashni taqiqlab qo'ydi, bu haqida The Sun nashri xabar berib o'tadi.
Ma'lumotlarga ko'ra 28 yoshli futbolchi o'z uyida darvoza o'rnatgan va o'sha yerda futbol o'ynashni kanda qilmaydi. Shu sababli "Madrid" rahbarlari Beylga mashg'ulotlar maydonidan boshqa hech qayerda futbol o'ynamasligini ta'kidlashgan. Sababi esa uning qo'shimcha jarohatlardan forig' yurishi qilib ko'rsatilgan.