Italiyaning "Inter" klubi yarim himoyachisi Arturo Vidal EChLning 4-tur doirasida Madridning "Real" (0:2) klubiga qarshi o'tkazilgan o'yindagi qizil kartochkasi uchun o'z jamoasi tomonidan jarimaga tortiladi, deya xabar tarqatmoqda La Gazzetta dello Sport.
33 yoshli chililik futbolchi hakam bilan tortishgani uchun bir daqiqaning ichida ikki marta ogohlantirildi va maydondan chetlatildi. Shu sababli, uning harakatlari klub rahbariyatiga yoqmadi.