Myunxenning «Bavariya» klubi darvozaboni Manuel Noyer EChLda ketma-ket g'alaba qozonish bo'yicha rekord o'rnatdi.
Kecha «Zaltsburg» klubi ustidan qozonilgan g'alaba - germaniyalik darvozabon uchun 15-yutuq bo'ldi (2019/20 yilgi mavsum 11 ta g'alaba, 2020/21 yilda 4 ta g'alaba).
Shu tariqa, Noyer «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronalduning rekordini yangiladi. Ronaldu "Real" tarkibida 2013/14 va 2014/15 yilgi mavsumlarda ketma-ket 14 ta g'alaba qozongandi.
Shuningdek, "Bavariya" futbolchisi Yozua Kimmix kechagi g'alabadan so'ng, EChLda ketma-ket qo'lga kiritgan g'alabalari soni 14 taga etdi.