Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan kecha vafot etgan Diego Maradona haqida fikr bildirdi.
«Bu katta judolik. U ajoyib futbolchi bo'lgan. Maradona butun o'yinni bir o'zi yuta olardi. U boshqa futbolchilarga qaraganda yuqori saviyada bo'lgan.
JCh-1986 paytida men 14 yoshda edim, biroq, Maradonaning o'yinlari doim yodimda qolgan. Uning o'limi – dunyo futboli uchun katta yo'qotish», - Zidanning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda TalkSport.