Italiyaning «Inter» klubi bosh murabbiyi Antonio Konte EChL doirasida «Real» (0:2) klubidan qabul qilib olingan mag'lubiyatdan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Real»dek katta klublarga qarshi o'ynash hamisha qiyin bo'lgan. Qachonki o'z darvozangizdan gol o'tkazib yuborib, bir kishi kam bo'lib qolsangiz bu - engib bo'lmaydigan cho'qqidir.
O'ylaymanki, ular bizning oramizdagi farqni ko'rib oldik. «Real» bunday o'ynashga va ushbu turnirda g'alaba qozonishga o'rganib qolgan.
Bugungi mag'lubiyat bizni sindirmasligi kerak. Bu mag'lubiyat biz yurishimiz kerak bo'lgan yo'lni ko'rsatishi kerak.
Hozirgi paytda juda ko'p gol o'tkazib yuboryapmiz. Bugungi bahs darvozamizga belgilangan penaltidan keyin biz uchun murakkablashib ketdi. Qolaversa, Vidalning chetlatilishidan keyin o'yinga qaytishimiz qiyin bo'ldi.
Menimcha, o'tkazilgan ikki uchrashuvda «Real»da juda ko'p sovg'a tayyorlab yubordik. "Real"dek jamoalarga qarshi o'yinda o'zingni bunday tutish mumkin emas», – dedi italiyalik murabbiy.