Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Prevyu: "Real"da yoqimsiz an'ana, "Inter" vaziyatni o'nglay oladimi?

.
- Yuklab olish

Ko'hna qit'aning eng nufuzli turniri hisoblangan Chempionlar ligasi bahslari davom etadi. Aksar jamoalar nimchorak final bosqichiga chiqish uchun, ayrimlari esa hech bo'lmaganda Evropa Ligasiga yo'llanmadan quruq qolmaslik uchun kurash ketayotgan guruh bosqichi uchrashuvlari qizigandan qizimoqda. Bugun, chorshanba oqshomida 8 ta o'yingoh dastlabki 4 ta guruh ishtirokchilari o'rtasidagi qarama-qarshiliklarni o'zida qabul qiladi. Shulardan biri, shubhasiz turning markaziy to'qnashuvi “Djuzeppe Meatstsa”da, “Inter” hamda “Real Madrid” jamoalari o'rtasida kechadi.

Ikkala klub ham milliy birinchiliklarda qoniqarli ko'rsatgichga ega. “Real” 17 ochko bilan 4, Inter esa 15 ochko bilan 5 pog'onada joylashgan. Jamoalar o'tkazgan so'nggi 5 uchrashuvdagi raqamlar ham bir xil. 2 g'alaba, 2 durang va 1 mag'lubiyat. Ko'rinib turibdiki, ayni paytdagi natijalar borasida deyarli tafovut yo'q. Ammo, EChLda ham ularning hozirdagi vaziyatlari o'xshash deyish mumkin lekin, ijobiy deb bo'lmaydi. Hali yangi mavsumning endigina uchdan biri bo'lgani uchundir balki, klublar to'laqonli barqarorlikni ta'minlay olmayapti.

Bir qarashda “Borussiya Menxengladbax“, “Shaxtyor Donetsk“, “Real Madrid“ va "Inter" jamoalari o'rin olgan guruhda kim etakchi ekanligini ikki granddan birining nomini keltirib, bemalol tahmin qilish mumkindek. Ammo, ortda qolgan turlarga nazar tashlansa, bu tahminlar o'zini oqlamasligi turgan gap. Haqiqatdan ham, evrokuboklarda na “qaymoqranglilar“ va na Milan jamoasining ishlarini yaxshi deb bo'lmaydi. Zinedin Zidan shogirdlari guruh doirasidagi 3 ta o'yindan 1 g'alaba, 1 durang va 1 mag'lubiyat qayd etib, 4 ochko bilan 3 o'rinni band etishgan. Antonio Konte boshchiligidagi jamoa esa, 1 mag'lubiyat va 2 duranga erishib, 2 ochko bilan guruhning eng quyi pog'onasida. Yuqori o'rinlarni 4 ochko bilan Ukraina, 5 ochko bilan Myunxen jamoasi band etgan. Tabiiyki, hali imkoniyat saqlanib turibdi, ikkala jamoa ham oldindagi turlarda faqat zafar quchishlari talab etiladi. Shu bilan birga, bugungi bahsda qo'lga kiritiladigan ochkolar ikki raqib uchun ham juda muhim. Mag'lubiyat, keyingi bosqich imkoniyatlarini keskin pasaytirib yuborishi mumkin, g'alaba esa ishonch va ishtiyoq taqdim etishi, shaksiz.

Murabbiylar fikrlari

Zenidin Zidan(Real): “Biz himoyada ham, gol urish borasida ham birdek yaxshilanishga harakat qilmoqdamiz. Futbolda kuchliroq bo'lgan vaqtlar ham bo'ladi, shu bilan birga ishlar og'irroq bo'lgan paytlar ham. Ehtimol, hozir shunday bo'layapti. Ammo, bunday holat faqatgina bizda emas. Bizning “Inter“ ga qarshi o'yinimizda yuqoriga yoki pastga o'zgarish bo'lgan deb o'ylamayman. Men taqdirga tan beradiganlardan emasman. Bu futbol va unda hamma narsa sodir bo'lishi mumkin.”

Antonio Konte(Inter): “O'tgan davrda biz ko'pincha o'yinlarni to'g'ri munosabat bilan boshladik. Biz bu mavsumda to'pga egalik qilishni avvalgisiga nisbatan ko'paytirdik ammo, shu bilan birga raqiblarimizga juda ko'p imkoniyatlar yaratishga imkon beryapmiz. Avval ham aytgan edim, agar biz raqobatbardosh bo'lishni istasak, barcha imkoniyatlarimizni, darajamizni ko'rsatishimiz kerak.”


Tomonlar, aynan ushbu turnirda o'zaro 10 marotaba ro'baru kelishgan. Shundan 5 tasida Italiya jamoasining qo'li baland kelgan bo'lsa, 4 o'yinda Ispaniya vakillari zafar quchishgan. 1 ta bahs durang bilan yakun topgan. Darvoqe, “Real Madrid“ning “San Siro“dagi xotiralarini unchlik ham yoqimli deb bo'lmaydi. Negaki, jamoa biron marta ham mehmonda g'olib bo'lmagan.

Tahminiy tarkiblar

“Inter”: 1 Samir Xandanovich, 6 Stefan de Vrey, 95 Alessandro Bastoni, 37 Milan Shkrinyar, 2 Ashraf Xakimi, 5 Roberto Galyardini, 22 Arturo Vidal, 15 Eshli Yang, 23 Nikolo Barella, 9 Romelu Lukaku, 10 Lautaro Martines

“Real Madrid”: 1 Tibo Kurtua, 23 Ferlan Mendi, 6 Nacho, 5 Rafael Varan, 2 Daniel Karvaxal, 14 Kazemiro, 10 Luka Modrich, 8 Toni Kroos, 11 Marko Asensio, 24 Mariano Dias, 7 Eden Azar

Aytish mumkinki, frantsiyalik mutaxassis Italiyaga jiddiy talofatlar bilan kelgan. Mudofaa qo'rg'onining asosiy vakili Serxio Ramos, milliy terma jamoa safida Germaniyaga qarshi kechgan bahsda orttirib olgan jarohati sabab, Karim Benzema esa “LaLiga“ning 9 turidan o'rin olgan “Valensiya“ bilan o'yinda uchragan jarohatidan to'liq tiklanishga ulgurmaganligi tufayli “qirollik klubi“ga yordam bera olmaydi. Demakki, bugun 4 raqamli sardorsiz o'ynash ko'nikmasini shakllantirib ulgurmagan Zidanga endi Ramossiz, “Inter“ga qarshi o'ynash yuklamasi qo'yiladi. Inchunun, murabbiy, muhim futbolchilar Federiko Valverdi va Lyuka Yovich xizmatlaridan mosuvo bo'lgan. Shunday bo'lsada, Mariano Dias tarkibga "Villareal“darvozasiga kiritgan goli bilan qaytdi. Mushkul paytlarda hamisha shay turadigan Nacho xam Varan bilan yaxshi tandem hosil qila oladi. Antonio Konteda bu borada vaziyat ancha engil. Boisiki, tarkibda kovid-19 tufayli uchrashuvni o'tkazib yuborayotgan himoyachi Aleksandar Kolarov va yarimhimoyachi Martselo Brozovichlarni munosib almashtiradigan variantlar yuq emas. “Neradzurri“ muxlislarini quvontiradigan jihat, o'tgan safar, “Santyago Bernabeu“ da o'ynamagan Romelu Lukaku safga qaytgan.

Dadajon Foziljonov tayyorladi

BestMaster
25 Noyabr 2020, 20:30
prevyu, realda, yoqimsiz, anana, inter, vaziyatni, onglay, oladimi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 5
 u7777u  
Бугун хақиқи жанг булади
25 Noyabr 2020, 20:35
 u7777u  
Олға реал фақат ғалаба
25 Noyabr 2020, 20:35
qamish199
 qamish199  
REALCHILA BOSILA
25 Noyabr 2020, 21:30
qamish199
 qamish199  
BIZ SILAGA ISHONAMIZ
25 Noyabr 2020, 21:32
qamish199
 qamish199  
BIZ SILAGA ISHONAMIZ
25 Noyabr 2020, 21:32
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads