Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan EChLning 4-tur doirasida Italiyaning "Inter" klubiga qarshi bo'lib o'tadigan uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Inter" klubi bilan o'yinda past-balandliklar bo'lmadi deb o'ylayman. Qiyin vaziyatlar bo'ldi, lekin, bunday raqibga qarshi o'yinda bu vaziyatlar odatiy hol. Biz o'yinni yaxshi boshladik va yaxshi yakunladik. Bu - futbol, bunday narsalar bo'lib turadi.
Himoya va hujumdagi o'yinlarimizni kuchaytirish uchun ko'p ishlayapmiz. Ehtimol bu biz uchun ikkinchi holatdir, lekin bu faqat bizda deb o'ylamayman", - Zidanning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda UEFA rasmiy sayti.