Ushbu ruknimizdagi eng so'nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.
«Milan» Tovenni ilib ketmoqchi
Milanning «Milan» jamoasi «Marsel» yarim himoyachisi Florent Toven bilan shartnoma imzolamoqchi.
“TeleFoot” nashrining ma'lum qilishicha, «Rossonerilar» Frantsiyalik futbolchiga 4 yillik shartnoma taklif qilmoqchi.
Yozda erkin agentga aylanishi kutilayotgan futbolchi uchun «Milan» yiliga
3 million evro maosh to'lashga tayyor.
«MYu» futbolchisini nishonda
Angliyaning «Sautgempton» klubi «Manchester Yunayted» jamoasi himoyachisi Brendon Uilyams bilan shartnoma imzolamoqchi.
“The Sun” nashrining ma'lum qilishicha, «avliyolar» 20 yoshli futbolchini sotib olish sharti bilan ijaraga olmoqchi.
Manbaning ma'lum qilishicha, bu mavsumda ikkita kubok bahsida maydonga tushgan futbolchi borasida «qizil iblislar» har qanday taklifni ko'rib chiqishga tayyor.
Isko ketadi!
Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Isko Alarkon faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishga yaqin turibdi.
“AS” nashrining ma'lum qilishicha, futbolchi uchun asosiy da'vogar «Yuventus» bo'lib turgan edi, biroq endi kurashga “Arsenal” va «Manchester Siti» klublari qo'shildi.
Manbaning ma'lum qilishicha, futbolchi Zidan tomonidan o'yin amaliyoti taqdim etilmayotgani uchun ham jamoasini o'zgartirmoqchi.
Pikening o'rnini kim bosadi?
Kataloniyaning «Barselona» jamoasi jarohat olib uzoq muddatga safdan chiqqan Jerar Pikening o'rnini to'ldirish uchun ideal variant izlamoqda.
“Goal” nashrining ma'lum qilishicha, klub nishonida argentinalik himoyachi Ezikel Garay turibdi.
Manbaning ma'lum qilishicha, Kataloniya super klubi ayni damdagi erkin agent maqomidagi futbolchiga 2 yillik shartnoma taklif qilmoqchi.
Jaka rad etdi!
Londonning “Arsenal” jamoasi sobiq sardori va ayni damdagi futbolchisi Granit Jaka faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkinligi haqida avvalroq xabar bergan edik.
“Calciomercato” nashrining ma'lum qilishicha, London klubi Jakani Kristian Erikson bilan rokirovka qilishga rozi bo'lmagan.
Boz ustiga, shveytsariyalik futbolchining o'zi ham faoliyatini Konte qo'l ostida davom ettirishni qat'iyan rad etgan.