Madridliklar yarimhimoyachisi Kazemiro «Inter»ga qarshi bahs oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Biz avvaldan "o'lim"guruhidan joy olganimizni to'g'ri qabul qilgandik. Faqatgina jarohatdagi katta futbolchilarning maydondagi klasi etishmadi xolos. Ruhiy masala bo'yicha hammasi joyida. Mana shu jihat bo'yicha raqibga qaraganda ustunroqmiz. Milanga maksimal holatda boryapmiz. Bu so'nggi imkoniyat bo'lishi ham mumkin. Qadimiy an'analarimiz va top murabbiyimiz borligini yodimizda saqlab o'ynaymiz, - deydi futbolchi.
Ma'lumot uchun "qaymoqranglilar" "B" guruhida 4 ochko jamg'arib, 3-o'rinni egallab turishibdi. Ularning keyingi o'yini "Inter" bilan ertaga tunda bo'lib o'tadi.