Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Iskoning agenti va otasi Fransisko Alarkon mijozi "qirollik klubi"ni tark etmoqchi ekanligi haqida gapirdi.
"Ayni damda bizda takliflar yo'q, biroq Isko faoliyatini boshqa ligada davom ettirmoqchi. Agar u "Real" qolsa ham, bu muammo bo'lmaydi", dedi Alarkon.
Avvalroq "Real" havbekni 60-70 million evroga sotishga tayyor ekanligi haqida xabarlar tarqalgandi.