"Monako" vitse-prezidenti Vadim Vasilev jamoa hujumchisi Kilian Mbappeni "Real"ga o'tishi borasidagi gap so'zlarga o'z fikrini bildirib o'tdi.
"Mbappe to'g'ri qaror qabul qiladi, u hech qachon "Monako"ni tark etish istagini bildirmagan. Biz u bilan muzokara o'tkazmoqdamiz. Gap pul haqida emas, barchasi ancha murakkab. Men uni jamoamizda qolishini xohlayman." - deydi Vasilev.