Angliyaning "Derbi Kaunti" klubi hujumchisi Ueyn Runi rasskazal 2010 yili Ispaniya chempionatiga yo'l olishiga yaqin kelganini aytib berdi.
- Ispaniya chempionatiga o'tishim mumkin edi. Rejamga ko'ra "Barselona"da o'ynashni xohlagandim, lekin o'sha paytda "Real" "Barselona"ga qaraganda jiddiy qiziqish bildirgandi. "Chelsi" ham nomzodlar qatorida edi. "Barselona"da o'ynashni tasavvur qilib qo'rganman. U erda Messi, Xavi, Inesta va Buskets". O'sha paytda Messi hozirgi pozitsiyasida o'ynamasdi. U kengroq o'ynardi. Ushbu jamoaga mos kelishim mumkinligiga ishongandim. Biroq, Devid Gill bilan munosabatlarimiz yaxshi edi va u bilan hamma narsani hal qilib olib, "MYu"da qolgandim, — dedi Runi "Manchester Yunayted"ning rasmiy saytiga.