Myunxenliklar futbolchisi David Alaba uchun kurashga endi parijliklar ham qo'shilishgan.
Ular yozda erkin agentga aylanadigan markaziy himoyachi istagan barcha talablarni qondirishga rozi. Frantsiya klubi hozircha vaziyatni sinchiklab kuzatmoqda. Ular nemis futbolchisiga to'lanmayotgan etarli maosh hajmini oshirib berishga tayyorlar. Bundan sal avval Alabaga Madridning «Real» klubi ham qiziqayotganligi to'g'risida xabarlar tarqalgan edi.
Himoyachi «qizillar» safiga 2010 yilda kelib qo'shilgan bo'lib, bu orada u 256 ta uchrashuvda maydonga tushishga ulgurgan.